Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Bugundan e’tiboran Akmal Xolmurodov tuman hokimi, Abdumalik Qo‘ldoshev tuman prokurori, Shuhratali Imomov tuman soliq inspeksiyasi rahbari sifatida ish boshladi.

Sessiya ishida Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati hokimligida Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Quyi Chirchiq tumani hokimi Sobir Murodov lavozimidan ozod etilgandi.