Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Meduza” jurnalisti Ivan Golunovning ishidan xabardor, deya yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Ombudsmen Tatyana Moskalkova Putin bilan ushbu masala yuzasidan uchrashganida  prezident voqeadan xabardorligini ma’lum qilgan.

Moskalkovaning aytishicha, Putin “haqiqatan ham o‘sha vaqt kerakli topshiriqlarni bergan”.

Aynan qanday topshiriq berganini esa aniqlashtirmadi.