Pop tumanidagi “Namangan agro logistic” korxonasida umumiy qiymati 105,8 milliard so‘mlik loyiha — “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash logistikasi” loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Loyihaga “Pop-Impeks” MChJning 30 milliard so‘m sarmoyasi va “Asaka Kapital Invest”ning 22 milliard, “Asaka” bankining 53,2 milliard so‘m kredit mablag‘lari jalb etildi.

10 gektar maydonda barpo etilgan logistika korxonasiga Italiyaning innovatsion texnologik uskunalari keltirildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Jumladan, 3,2 ming tonna meva va sabzavotni saqlash uchun gaz tizimida boshqariladigan muzlatgich kompleksi, soatiga 6 tonna olma, shaftoli, o‘rik va 2 tonna gilosni saralash va qadoqlash quvvatiga ega dastgohlar, soatiga 10 tonna meva konsentranti ishlab chiqarish quvvatiga ega dastgohlar majmuasi, Turkiyada ishlab chiqarilgan qozon, bug‘ qozoni, ta’minlovchi nasoslar o‘rnatildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

“Mevas” brendi ostida faoliyat boshlagan logistika korxonasini foydalanishga topshirish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati