“Milan” klubi “Liverpul”ning xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovrenni qo‘lga kirtish uchun harakatlarni boshladi, deb yozadi taniqli jurnalist Janluka di Martsio.

Foto: Sky Sports

Ma’lum qilinishicha, “rossonerilar” Lovrenning transferi narxi ustida “qizillar” rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda.

Shuningdek, “Milan” “Sassuolo” yarim himoyachisi Stefano Sensiga ham ko‘z tikkan.

Ma’lumot uchuun, Deyan Lovren 2014-yil “Sauthempton”dan “Liverpul”ga 20 million funt evaziga o‘tgandi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga yetadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!