Bu hafta muhim voqealarga boy bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar ancha qizidi. Tarmoqlar nimalarni muhokama qilganini quyida ko‘rib chiqamiz.

Haftaning diqqatga sazovor voqealaridan biri – Milliy tiklanish partiyasi deputatining “kvartira” so‘zini “xonadon”ga o‘zgartirish borasidagi taklifi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi . Aksariyat fikrlar salbiy bo‘ldi. Kimdir bu voqeani  deputatlarning saylovoldi kampaniyasida g‘imirlab qolganiga yo‘ysa, yana kimdir bunday mayda takliflar o‘rniga tuzukroq tashabbuslar kerakligi aytdi. Tadbirkor va bloger Firuz Allayevning mana bu posti ostida qoldirilgan fikrlardan ham buni bilish mumkin:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Mashhur o‘zbek-rus milliarderi Alisher Usmonovning Namanganda 16 qavatli osmono‘par bino qurish tashabbusiga ham turlicha yondoshildi. Ammo asosiy fikrlar ijobiy bo‘ldi. Chet eldagi o‘zbek boylari bunday ishlarni ko‘proq qilishi maqsadga muvofiqligi aytildi. Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida mavzu ancha qizg‘in muhokama qilindi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Toshkentdagi Oqtepa Lavash tez tanovul tarmog‘i navbatdagi noxushlikka duch keldi. Mijozlarning ovqatdan zaharlanishi odamlar e’tiboridan chetda qolmadi. Tarmoq restoranida taomlangan qirqqa yaqin odam zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Oqtepa Lavash voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Asosiy muhokamalarda voqea navbatdagi fitna degan fikrlar ham aytildi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi shov-shuvli voqea taomdan chiqqan suvarak bilan bog‘liq edi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Navoiyda bo‘lib o‘tgan xunuk bir voqea ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylandi. Shifokorga nisbatan qo‘pol muomala bu mavzu hali-hanuz yopilmaganini tasdiqlaydi. Yil davomida shunga o‘xshash hodisalarga juda ko‘p duch keldik. Bu safar navoiylik barzangi shifokorga ochiqdan ochiq qo‘pollik qildi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Aytishlaricha, holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

O‘zbekiston xalq artisti ishtirok etgan mem odamlarda quvnoq kayfiyat uyg‘otmoqda. Bir paytning o‘zida ham qiziq, ham achchiq haqiqatni ko‘rsatadigan ushbu demotivator juda ko‘p guruhlarda trenddan tushmay kelmoqda. Siz ham ehtimol uni ko‘rgandirsiz.

Skrin: “Daryo”

Poytaxtga kelib, “uchyot”ga qo‘ymasang jazolanasan, lekin toshkentlik odam viloyatlarda yurib, “uchyot”ga turmasa, hech qanday jazo yo‘q. Shu gapi tufayli tanqid ostida qolib ketgan IIV boshqarma boshlig‘i ishtirokidagi video tarqaldi. Xalq bu fikrlardan norozi, aksar odamlar buni ochiq tabaqalash va toshkentliklarni  boshqa viloyatliklardan ustun qo‘yish deb hisoblamoqda.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Hozircha shu, ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni “Daryo”da kuzatib boring.

Abdulazizxon Akramov tayyorladi.