Taniqli teleboshlovchi, prodyuser, shoumen va “Muz-TV” (Rossiya) telekanali dasturiy direktori Andrey Razigrayev shu kunlarda “Yo‘llanmasiz ta’til” ko‘rsatuvining navbatdagi sonini tayyorlash maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

Teleko‘rsatuv boshlovchisi Andrey Razigrayev rahbarligi ostidagi guruh Xivaning Nurullaboy saroyi, Pahlavon Mahmud va Said Alouddin maqbaralari, Ichan Qal’a kabi tarixiy obyektlariga, shuningdek Buxoro shahriga ham tashrif buyurdi. Buxoroda boshlovchi osh tayyorlash bo‘yicha mahorat darsiga guvoh bo‘ldi.

Razigrayev Instagram sahifasida o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi:

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

“Bu yerda muhit ajoyib, taomlar mazali va hamma narsa hamyonbop. Xiva —shahar emas, Markaziy Osiyoninghaqiqiy javohiri!”

Teleboshlovchining ta’kidlashicha, tez orada O‘zbekiston sayyohlarga to‘lib ketadi. Bunda u yaqin kunlarda “Muz-TV” telekanali efiriga chiqadigan “Yo‘llanmasiz ta’til” travel-shousining navbatdagi soni yordam berishiga umid qiladi.

Tasvirga olish guruhi O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ham bo‘ladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati