Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Qo‘yliq mavzesida yigitlarning ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu voqeaga oydinlik kiritdi.

Toshkent shahar prokuraturasi vakili Farhod Boboniyozovga ko‘ra, voqea 5-iyun kuni soat 19.50 larda Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Osiyo burger” tamaddixonasi oldida ro‘y bergan.

Mushtlashuvda bir kishiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi ikkinchi qism “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish).

Ikki nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.