Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobasi saralash bosqichi 4-turi doirasida 11-iyun, seshanba kuni bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Foto: Twitter/@EURO2020

Jumladan,  “C” guruhi favoriti Germaniya terma jmoasi o‘z maydonida Estoniyani qabul qiladi.

“E” guruhida esa Garet Beyl yetakchiligidagi Uels termasi safarda Vengriyaga qarshi maydonga tushadi.

“H” guruhida o‘tgan tur Fransiyani mag‘lub etgan Turkiya terma jamoasi Islandiya mehmoni bo‘ladi.

“I” guruhida esa Belgiya terma jamoasi o‘z maydonida Shotlandiya bilan bahsga kirishsa, Rossiya termasi Kiprni o‘z uyida qabul qiladi.

Mazkur bellashuvlarning barchasi 23:45 da boshlanadi.

Yevro—2020

Saralash bosqichi

11-iyun, seshanba

“C” guruhi

Belarus—Shimoliy Irlandiya 23:45

Germaniya— Estoniya 23:45

“E” guruhi

Ozarbayjon—Slovakiya 21:00

Vengriya—Uels 23:45

“H” guruhi

Albaniya—Moldova 23:45

Andorra—Fransiya 23:45

Islandiya—Turkiya 23:45

“I” guruhi

Qozog‘iston—San Marino 19:00

Belgiya—Shotlandiya 23:45

Rossiya—Kipr 23:45

“J” guruhi

Gretsiya—Armaniston 23:45

Italiya—Bosniya va Gersegovina 23:45

Lixtenshteyn—Finlyandiya 23:45

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!