Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning mol-mulki iyun oyida xatlanishi mumkin. Bu haqda yurist Andrey Portnov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

“Biz iyun oyidayoq Poroshenkoning barcha aktivlari, pullari va ko‘chmas mulki xatlanishini so‘rayapmiz. Buning uchun bosh prokurordan boshqa hech qanday to‘siq yo‘q”, — dedi Portnov.

Oldinroq Ukraina tekshiruvlar davlat byurosi Portnovning bayonotlari asosida Poroshenkoga qarshi bir necha jinoiy ish ochgandi. Poroshenkoning o‘zi jinoiy ishlardan qo‘rqmasligini bildirgan.