2018-yilda 268,1 ming nafar xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Rossiya fuqaroligini qabul qildi. Bu 2017-yilga nisbatan 4,5 foizga ko‘p. Bu haqda mamlakat Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

2018-yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilganlarning katta qismini (95,3 foiz) MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etgan.

O‘tgan yili Tatyana Moskalkovaga fuqarolik masalalari bo‘yicha 652 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati (92 foiz) yaqin xorij davlatlari, asosan, Ukraina (27,5), O‘zbekiston (10,8), Armaniston (8,6), Qozog‘iston (6,7) va Tojikiston (5,9 foiz) fuqarolaridan kelib tushgan.

Rossiya IIVga ko‘ra, joriy yil yanvar-mart oylarida 1 milliondan oshiq o‘zbekistonlik Rossiyada hisobga qo‘yilgan. Ulardan 530 mingi ishlash uchun kelganini ma’lum qilgan.