Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakat prezidentidan Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasining G‘arbiy ma’muriy okrug bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i politsiya general-mayori Andrey Puchkovning iste’fosi haqida so‘raydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “NTV”

Shuningdek, Kolokolsev Rossiya IIVning Moskva bo‘yicha Bosh boshqarmasi Narkotiklar aylanmasi ustidan nazorat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i politsiya general-mayori Yuriy Devyatkinning iste’fosi bo‘yicha vositachilik qiladi.

Avvalroq Kolokolsev jurnalist Ivan Golunovdan ayblovlar olib tashlanganini va u uy qamog‘idan ozod etilganini ma’lum qilgan edi. Jinoyat ishi jurnalistning jinoyatga aloqadorligi isbotlanmagani tufayli to‘xtatilgan.

Golunov ijarada turgan uyidan narkotiklar topilgani tufayli uy qamog‘iga mahkum qilingan edi.