O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyada ishtirok etmoqda, bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jeneva shahrida (Shveysariya) Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 10-iyun kuni boshlandi.
Konferensiya ishida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan 6000 dan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Tadbirda mehnat sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining yuz yilligini nishonlash ham rejalashtirilgan.
108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 21-iyunga qadar davom etadi.
Izoh (0)