Telegram asoschisi Pavel Durov texnik jihatdan a’lo, biroq senzura va rus tili bozori bilan cheklangan “Yandeks.Novosti” dasturchilariga imkoniyat berib, ularni o‘z messenjeriga ishga taklif qilmoqda.

Foto: “Ferra.ru”

Telegram bu kabi tavsiyaviy yangiliklar servisini global ko‘lamda siyosiy senzurasiz yaratish imkonini beruchi ma’lumotlar va texnologiyalarga ega.

Instant View — yangiliklarni bir zumda ko‘rish texnologiyasi hozirda dunyoning 6000 dan ortiq nashrlarini dunyoning istalgan nuqtasidan kuzatib borish imkonini bermoqda.

“Maqolalarni tavsiya qilishni biz Recommended Articles blokidan boshlashimiz mumkin. Bunda Telegram’da o‘qilgan har bir maqola har soatda alohida servisga joylashtirilib, dunyo qidiruv tizimiga paydo qilinadi. Matnlarni tavsiya qilish bilan birga eng dolzarb videolarni ham parallel ravishda tavsiya qilib boramiz”, — deyiladi xabarda.

Durov “Yandeks” mutaxassislariga hozirgi maoshidan ko‘proq pul taklif etmoqda. Bu orqali u internet tarixida samarali va erkin yangiliklar agregatorini yaratish niyatida.