Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolalarni urushtirayotgan erkaklarning videoroligi paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Repost.

Kadr: Mover

Rolikdan ko‘rish mumkinki janjal yoshi katta erkaklar tomonidan ataylab tashkil etilgan — ular jarayonga aralashib, ora-sira bolalarni ajratib turibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, rolik aynan qayerda olingani hozirda aniqlanmoqda — tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Hozirda mazkur holat huquq-tartibot idoralarini qiziqtirib qo‘ygan va ular ko‘ngilsiz hodisaning tafsilotlarini o‘rganmoqda.