Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi O‘rtachirchiq tumani bo‘limi ish yurituvidagi, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorlar D. Abduqodirov, B.Botirov va Z.Porsiyevdan, undiruvchi “Ipoteka bank” ATIB Mehnat filiali foydasiga jami 40 101 929 so‘m kredit qarz undirish belgilangan, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur qarzdorlikni qoplash bo‘yicha berilgan ixtiyoriy muddat tugagach,davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlarga tegishli Damas, Lacetti, Epica rusumli avtomototransport vositasitalariga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.
Byuroning tezkor qidiruv xodimlari tomonidan yuqorida qayd etilgan avtolulovlar topilib, xatlanib, vaqtincha saqlash maydoniga olib kelingan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlar tomonidan 40 101 929 so‘m kredit qarzdorligi va 9 million so‘m davlat boji undirilgan.
Izoh (0)