Hukumat qarori (467-son, 07.06.2019-y.) bilan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.
Nizomga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari reytingi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.
Reytingni aniqlash uchun ma’lumotlar 1-fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.
Inspeksiya har yili may—iyun oylarida quyidagilarni o‘tkazadi:— professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;— talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va ta’lim sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma.
Reyting natijalari har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida e’lon qilinadi.
Izoh (0)