Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy muhitida osh pishirayotgan suratini ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan, unda Prezident uy kiyimi va krossovkada aks etgan edi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

Endilikda Prezident kiygan krossovka mamlakatdagi eng orzu qilingan poyabzalga aylandi. Qolaversa, Facebook᾽da xuddi shunaqa poyabzal qayerda sotilishi haqida e’lonlarni berish boshlandi.

Foto: Sputnik

Ushbu modelni xarid qilish uchun 550 dollar sarflashga to‘g‘ri keladi.

Onlayn sotuvchilardan biri faqat buyurtma asosida sotishini va bu yuz foiz asl nusxasi ekanini yozgan.

Ta’kidlanishicha, suratda Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Z Zegna brendi krossovkasini kiyib tushgan.