UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov (27-0) navbatdagi jangini vaqtinchalik chempion Dastin Poryega (25-5-1) qarshi o‘tkazishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda UFC Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Foto: UFC

Habib va Porye o‘rtasidagi jang 7-sentabr kuni Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs UFC 242 oqshomi doirasida tashkillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov so‘nggi jangini 2018-yil 6-oktabr kuni Konor Makgregorga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Porye esa Maks Holloueyni 2019-yil 13-aprelda mag‘lub etib, UFC’ning vaqtinchalik chempioni maqomini qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!