Qirollik oilasi muxlislari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II AShQ prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga ataylab qizil yoqut ko‘zli toj kiygan, degan qarorga keldi. Bu haqda Independent xabar berdi.

Foto: Reuters

Bukingem saroyida 3-iyun kuni o‘tkazilgan tashrifda Yelizaveta toji yoqutlar bilan bezitilgan oq kiyimda bo‘lgan. Royal Exhibitions’ning yozishicha, afsonalarga ko‘ra, ushbu qimmatbaho toshlar kasallik va yovuzlikdan himoya qiladi. Aynan shunda Twitter foydalanuvchilari qirolicha tanlagan libosda sirli ma’noni anglagan.

“Taqinchoqlarni tanlashda qirolicha doim ularning ma’nosiga e’tibor beradi. Uni juda yaxshi ko‘raman”, — degan foydalanuvchilardan biri.

“Qirolicha tojni Tramp tashrifi vaqtida yomonlikdan himoyalanish uchun taqqan”, — degan boshqa foydalanuvchi.

Xabarda aytilishicha, Yelizaveta IIga 96 yoqutli tojni Myanma aholisi sovg‘a qilgan. Yoqutlar soni toj himoya qiladigan kasalliklar sonini bildiradi.