Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Xalqaro Fulbrayt ta’lim dasturi doirasida AQShlik ekspert-psixolog, professor Lori Vulf xonim O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida ijobiy psixologiya va stress boshqaruvini o‘qitish metodikasini joriy etish maqsadida taklif etilgan edi, deb yozadi Xalq ta’lim vazirligining axborot xizmati.
Bugungi kunga qadar mazkur loyiha doirasida maktablarda o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun stress va agressiya hamda ularning oqibatlarini oldini olish va bartaraf etishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari, psixolog olimlar va tajribali maktab psixologlaridan iborat ekspert guruhi tomonidan madaniy muhitga moslashtirildi hamda takomillashtirildi. Metodik materiallar Toshkent shahridagi 4 ta maktabda muvaffaqiyatli tajriba sinovdan ham o‘tkazildi.
Ijobiy psixologiya va stress boshqaruvini o‘qitish metodikasi bo‘yicha 14 ta hududda TOT (trenerlar uchun treninglar) bo‘lib o‘tdi hamda 700 dan ziyod trenerlar jamoasi shakllantirildi. Endilikda har bir tuman (shahar) miqyosida kaskad usulidagi treninglar tashkil etiladi hamda barcha maktab psixologlari ular orqali esa pedagoglar ijobiy psixologiya va stress boshqaruviga xalqaro tajriba asosida o‘qitiladi. Sentabr oyidan boshlab maktablarda ma’naviyat soatlari doirasida o‘quvchilarga ijobiy psixologiya va stress boshqaruvi ko‘nikmalari psixologik mashg‘ulotlar asosida o‘rgatib borilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha va uning natijasida o‘quvchilar orasida sodir bo‘layotgan o‘ziga va o‘zgalarga zarar yetkazuvchi xulq-atvor profilaktikasi va korreksiyasi amalga oshiriladi.
Izoh (0)