3-iyun kuni Toshkentning ba’zi joylarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Yomg‘ir yog‘ishiga tashqari, 12-17 m/s tezlikda shamol esib, poytaxtning ayrim tumanlarida do‘l yog‘ishi kuzatildi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lumotlariga asoslanib Repost xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kuchli yomg‘ir yuqori siklon zonasida kuchli konvektsiya sodir bo‘lgani bilan bog‘liq. Toshkentning turli tumanlarida yomg‘ir miqdori so‘nggi 9 yillik norma bo‘lgan 20 millimetrdan oshib ketdi:
-Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi (Oloy bozori joylashgan tuman) ma’lumotlariga ko‘ra — 21 millimetr;- Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti joylashgan tumandagi Toshkent aviameteorologik stansiyasi (TAMS) ma’lumotlariga ko‘ra – 42 millimetr;- Toshkent teleminorasi joylashgan hududda – 50 millimetr;- Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv agrometeoroligik posti ma’lumotlariga ko‘ra esa – 51 millimetr.
Meteorologik kuzatuvlar bo‘yicha (1881-yildan boshlab) yog‘ingarchilik miqdori 20 millimetr va undan yuqori bo‘lishi tarixda turli besh yil ichida qayd etilgan: ular 21-iyun 1901-yil, 3-iyun 1926-yil, 6-iyun 1998-yil, 24-iyun 1999-yil, 3-iyun, 2010-yil. Ob-havo stantsiyasining Toshkent observatoriyasi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida yog‘in miqdori 25 millimetrdan 36 millimetrgacha deb qayd etilgan.
Iyun oyida o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori Toshkentda 14 millimetrni tashkil etadi.
Izoh (0)