O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulligi 13-iyunda rasman ochiladi. Bu haqda bosh konsul Fariddin Nasriyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Tatar-inform”.
“O‘zbekiston Prezidentining shu yerda, Qozonda bosh konsullik tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan. Konsullik butun Volgabo‘yi federal okrugini qamrab oladi”, — deya ta’kidladi Nasriyev.
Ushbu tadbirga Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va boshqa faxriy mehmonlar taklif etilgan.
Konsullik Tatariston poytaxtining Spartak ko‘chasidagi savdo markazlaridan birida joylashdi.