“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiyada yana yil o‘yinchisi deya e’tirof etildi. Bu haqda mamlakat futbol uyushmasi rasmiy saytida xabar berildi.
33 yoshli xavbek mazkur sovrinni ketma-ket 3 marotaba, jami 7-marta qolga kiritdi.
G‘olib Xorvatiya chempionati murabbiylari hamda o‘yinchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich La Ligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)