“Tottenhem”—“Liverpul” uchrashuvi yakuniga ko‘ra (0:2) Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UEFA tashkilotining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Mazkur nomga “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk loyiq deb topildi.
U bu yo‘lda jamoadoshlari darvozabon Alisson Bekker hamda finaldagi bittadan gol mualliflari Muhammad Saloh va Divok Origini ortda qoldirdi.
Avvalroq van Deyk Yevropa Chempionlar Ligasi finalining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)