“Liverpul” darvozaboni Alisson Bekker “Tottenhem”ga qarshi kechgan Yevropa Chempionlar Ligasining final o‘yinida 8 marta aniq zarbani qaytardi (2:0).
Squawka’ning xabar berishicha, braziliyalik musobaqa finalida “Manchester Yunayted” sobiq darvozaboni Edvin van der Sarning 2011-yilda qayd etgan rekordini takrorladi.
O‘shanda niderlandiyalik darvozabon “Barselona” bilan kechgan final bahsida 8 ta aniq zarbani qaytargan, biroq o‘z darvozasidan 3 ta to‘p o‘tkazib yuborgandi (1:3).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)