“Chernobil” mini-seriali tarixdagi eng mashhur serialga aylandi. IMDb veb-saytida chop etilgan “Eng ko‘p tomoshabinga ega 250 ta teleshou” reytingida serial birinchi o‘rinni egalladi va “Taxtlar o‘yini”ni ancha pog‘ona pastda qoldirdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Foto: Forum Daily

1986-yilgi Chernobil AESining portlashi haqida hikoya qiluvchi kartina 10 balldan 9,6 oldi. Serialdagi bosh rollarni Emili Uotson, Stellan Skarsgard va Jared Xarris o‘ynagan.

Foto: Forum Daily

7-may kuni HBO kanalida serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Hozirda beshta epizoddan to‘rttasi namoyish etildi.

Reytingdagi TOP-5’ga quyidagi filmlar kirdi:

  • “Yer sayyorasi 2” (9,5),
  • “Qurolli do‘stlar” (9,4),
  • “Yer sayyorasi” (9,4),
  • “Hammasi og‘ir” (9,4).

“Taxtlar o‘yini” seriali reytingda 9,4 ball bilan oltinchi o‘rinni egallagan.

Foto: Forum Daily

Internet Movie Database (IMDb) — kinematografiya sohasiga bag‘ishlangan eng yirik internet portallardan biri. Reyting tuzish uchun foydalanuvchilar kamida beshta epizoddan iborat bo‘lgan seriallarni baholagan.