Bugun, 31-may kuni O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Ashxobod bog‘ida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun velomarafon o‘tkazildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi “Daryo”ga xabar berdi.
Musobaqada bolajonlar o‘zaro bellashib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Federatsiya tomonidan g‘olib va sovrindorlarga sovg‘alar taqdim etildi. Shuningdek, ushbu tadbir ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Izoh (0)