Termiz harbiy prokuraturasi harakati bilan harbiy shaharchada yashovchi harbiylar iste’mol qilingan elektr energiyasi haqini 50 foiz to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Termiz harbiy prokuraturasi “Daryo”ga xabar berdi.
Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat hududidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy iqtisodiy jihatdan muhofaza qilish, ularga lozim darajadagi xizmat va yashash sharoitlari yaratish yuzasidan harbiy qismlar qo‘mondonliklari bilan hamkorlikda tegishli chora tadbirlar ko‘rilib kelinmoqda.
Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani Kakayti qo‘rg‘onidagi 1-K yopiq shaharchasida, Sariosiyo tumanida joylashgan 17,18-sonli yopiq harbiy shaharchalarda yashovchi harbiy xizmatchilar iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni to‘lashi ahvoli o‘rganilganida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 897-sonli Qarorining 2-ilovasida elektr plitalari o‘rnatilgan ko‘p qavvatli uy-joylarda yashovchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsada, bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 10-avgust kuni 955-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to‘g‘risida”gi Nizomning 1-bo‘limi 8-bob 8.4-bandida oshxona elektr plitalari o‘rnatilgan uy-joylarda aholi tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi haqi mazkur guruh amaldagi tarifning 50 foizi miqdorida to‘lanishi lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, Kakayti qo‘rg‘onidagi 1-K harbiy shaharchadagi 290 ta xonadon, Sariosiyo tumanidagi 17,18-sonli harbiy shaharchalarda 45 ta xonadon, Sherobod tumanidagi 67-sonli harbiy shaharchadagi 112 ta xonadonlarda elektr plitalar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolaridan bir necha yillardan buyon Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi ko‘rsatilgan qarorlariga zid ravishda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 100 foiz miqdorda to‘lov undirilib kelinayotgani aniqlandi.
Termiz harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan mazkur masala ko‘tarilib, harbiy qismlar qo‘mondonliklari va elektr tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda xonadonlar elektr hisoblagichlari davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilishi, hisob raqamlari (litsevoy schet) tuzilishi, mavjud qarzdorliklar bartaraf etilishi ta’minlanib, Surxondaryo viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim qilinib, kompyuter bazasiga kiritilishi ta’minlandi, Kakaydi qo‘rg‘onidagi 1-K harbiy shaharchadagi 290 ta xonadon, Sariosiyo tumanidagi 17,18-sonli harbiy shaharchalardagi 45 ta xonadon jami 335 nafar harbiy xizmatchilar iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun endilikda elektr energiyasi xaqining 50 foizi miqdorida haq to‘lashiga o‘tkazilishiga erishildi.
Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan hozirda, Sherobod tumanidagi 67-sonli harbiy shaharchadagi 112 ta xonadonlarda iste’mol qilingan elektr energiyasi haqini 50 foiz to‘lovga o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)