“Chelsi” Yevropa Ligasining finalida “Arsenal”ni yirik hisobda mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibiga aylandi (4:1).
Premyer Liganing Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, “ko‘klar” hujumchisi Pedro Angliya Premyer ligasi, Jahon Chempionati, Yevropa Chempionati, Yevropa Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.
Bundan tashqari 31 yoshli ispaniyalik Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallarida hamda Yevropa Superkubogida gol urgan tarixdagi ilk o‘yinchiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)