Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4341, 28.05.2019-y.). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qiladi.
Qarorga muvofiq, respublikada tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi.Mazkur majmualar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarga yoki tikuv-trikotajga ixtisoslashgan tadbirkorlarga 5 yilga, 10 foizdan oshmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.Tijorat banklari majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun qisqa muddatli kreditlar ajratadi.
Shuningdek, majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar 2022-yil 1-yanvargacha quyidagilardan ozod etildi:- tayyor tikuv-trikotaj majmualari ijaraga berilgan kungacha foyda va mol-mulk solig‘idan;- respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan.
“O‘zpaxtasanoat” AJga tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga birja orqali paxtani sotib olish huquqi berildi.Majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar hisobidan jami 80 880 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Izoh (0)