Moskvalik biznesmen “Major” seriali yulduzi Lyubov Aksenova bilan birga kechki ovqat uchun million rubl to‘ladi, lekin turmushga chiqqan aktrisa uchrashuvga kelmadi, deb yozmoqda “MK.ru”.

Foto: “MK.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, erkak muhim tadbirga borishi kerak bo‘lgan. U hamrohlik qilish uchun ayollardan Lyuba mos keladi deb hisoblagan. Kommersant bunday uchrashuvlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan tashkilot “menejer”i bilan bog‘langan. U 15 ming dollar evaziga aktrisani olib kelishga va’da bergan.

Biznesmen aytilgan pulni to‘lagan, lekin Lyuba belgilangan soatda kelmagan. Aldangan erkak politsiyaga murojaat qilgan va ular Aksenova bilan bog‘langan. Telefonni uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser Pavel Aksenov olgan va sodir bo‘lgan voqeadan hayron qolgan. “Lyuba hech qachon pul evaziga boylarga hamrohlik qilmagan, qilmayapti va qilmaydi ham. Qolaversa million rubl evaziga”, — degan Pavel Aksenov.