“Marsel”ga yangi murabbiy tayinlandi. Bu haqda Fransiya klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, jamoani Andre Villash-Boash boshqaradigan bo‘ldi.
Portugaliyalik klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi va u yiliga 7,2 million yevro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar 41 yoshli mutaxassis “Tottenhem”, “Chelsi” hamda “Zenit” klublarida ham faoliyat olib borgan.
Uning murabbiylar shtabida “Chelsi” va “Real” sobiq himoyachisi Rikardu Karvalyu ham bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)