Milliy gvardiya Andijon shahrida “Birgalikda kuchlimiz” shiori ostidagi “Serjantlar forumi”ni tashkil qildi. Bu haqda “Daryo”ga Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Serjantlar forumi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan serjantlar bilan hamkorlik o‘rnatish, kelgusidagi vazifa hamda topshiriqlarni birgalikda bajarish, o‘zaro birlashish maqsadlariga qaratilgan.
Yoshlar markazida start olgan forumda Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Bojxona qo‘mitasida xizmat o‘tayotgan serjantlar, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, shuningdek Yoshlar ittifoqining “Fidokor yoshlar” a’zolari ishtirok etdilar.
Serjantlar forumida Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzuraxon Yunusova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi O.Yo‘ldoshev, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i M.G‘ofurov, Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda Markaziy apparati mutasaddi rahbarlari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdilar.
Izoh (0)