29-may, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining finalida Londonning ikki klubi “Chelsi” hamda “Arsenal” klublari o‘zaro chempionlik uchun kurash olib boradi.
Uchrashuv Ozarbayjonning Boku shahrida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” musobaqa yarim finalida “Ayntraxt”ni ikki o‘yin natijasiga mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa (1:1, 1:1, penaltilar seriyasi — 4:3), “to‘pchilar” “Valensiya”dan ustun kelgandi (4:2, dastlabki o‘yin — 3:1).
Yevropa Ligasi
Final bahsi
29-may, chorshanba
“Chelsi”—“Arsenal” 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)