Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirda “Vitess” klubini boshqarib kelayotgan Leonid Slutskiy “Zenit” sobiq hujumchisi Andrey Arshavinni XXI asrning rossiyalik eng yaxshi o‘yinchisi deb atadi. Bu haqda mutaxassis YouTube’dagi “Makaren” kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bundan tashqari Slutskiy Vagner Lav, Dumbiya va Halk kabi legionerlarni Rossiya chempionatida to‘p surgan eng yaxshi chet ellik o‘yinchilar deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Arshavin “Zenit” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Peterburg klubida 1998/08-yillarda, 2012-yil hamda 2013-yildan 2015-yilga qadar o‘ynadi.
Arshavin “Zenit” safida umumiy hisobda 352 ta uchrashuv o‘tkazib, 74 ta gol urdi va 99 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, futbolchi “Arsenal”, “Kuban” va “Qayrat” klublari sharafini himoya qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)