Internetda BMW M8’ning Competition versiyasining yangi suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Motor. Suratlar, taxminan Janubiy Afrikada olingan. Unda kuzovning old va ortqa tomoni ko‘rinishi qanday bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Foto: Motor

BMW M850i’dan farqli ravishda M8 nisbatan agressivrok ko‘rinishda bo‘ladi: old bamperda uzaytirilgan havo jamlagich (dvigatelning oziqlanishi va sovutilishi uchun xizmat qiladigan qism), orqasida esa to‘rt patrubka ishlangan gazni chiqarish tizimi va orqa diffuzor (tutun chiqaruvchi quvur) paydo bo‘ladi. Dekorning barcha elementlari tovlanmaydigan qora rangda ishlangan. M8 Competition avvalgi suratlarida ham shunday ko‘rinishda edi.

Foto: Motor

Competition versiyasi dvigiteli 625 ot kuchidan kam bo‘lmasligi kutilmoqda. Kupe sakkiz diapazonlik M Steptronic “avtomati” faol M-differensiali bilan jihozlanadi.

Foto: Motor

Bundan tashqari, M8 trek uchun maxsus rejimga ega vakuumsiz elektr tormoz kuchaytirgichini oladi. An’anaviy tizimdan voz kechish mashina ogirligini 2 kilogrammga kamaytirish shuningdek, tormoz ishlash tezligini oshirish imkonini bergan.