20-maydan 26-maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 748 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan, deb yozadi Spot.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,1 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 16,7 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,7 foiz ikkinchi va 35,6 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shuningdek, birja savdolarining hajmi 1,25 trillion so‘mdan 872,4 milliard so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 4,3 million dollarlik tovarlar sotildi.
Izoh (0)