“Barselona” yozgi transferlar vaqtida tark etadigan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi, deya xabar berdi AS.
Tomas Vermalen, Kevin-Prins Boateng va Jeyson Murilyo erkin agent sifatida jamoadan ketadi. Shu bilan birga “Barselona” Yasper Sillessen va Malkomni sotishga tayyor. Ikkala futbolchiga ham Dortmundning “Borussiya” klubidan taklif tushgan.
Bundan tashqari kataloniyaliklar Filippe Koutinyo hamda Samuel Umtiti bilan xayrlashishni istamoqda. Braziliyalik klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi, biroq u ishonchni oqlay olmadi. Kataloniya klubi fransiyalik himoyachini chap tizzasidagi jarohati sabab sotmoqchi, ammo o‘yinchining o‘zi klubda qolishni istamoqda.
Ivan Rakitich ham “ko‘k-anor rangli” safini tark etish niyati yo‘q. Jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde uni qo‘llab-quvvatlamoqda. Agarda Rafinyaga ham yaxshigina taklif tushsa, uni ham ushlab turmaydi.
Shu bilan birga “Barselona” “Everton”da ijara asosida yaxshi o‘yin o‘tkazgan Andre Gomesh hamda “Arsenal”da jarohatlardan boshi chiqmagan Denis Suares taqdiri borasida qaror qabul qilishi kerak.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)