Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.Tog‘ayevaning sud qarorini ijrosi to‘liq ta’minlash maqsadida ijro harakatlari olib borilgan. Bu haqda MIB xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 2018-yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Tag‘ayev Yaxyobek Isroilovich hisobidan undiruvchi Sh.Tag‘ayeva foydasiga voyaga yetmagan 2016-yilda tug‘ilgan M.Isroilovaning moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilib, javoblari olingan.Qarzdor 2018-yil 1-iyundagi №01-sonli buyrug‘iga asosan Andijon tuman “To‘xtaboy Soibjon” fermer xo‘jaligiga ishchi bo‘lib ishga kirganligi sababli ijro hujjati Qonunning 64-moddasiga asosan ijro ishi qarzdorning ish haqiga qaratilgan, qarzdorning aliment pullari ish haqi hisobidan muntazam undirib kelingan.
Ijro harakatlari davomida 2019-yil 13-martda Qonunning 421-moddasi bilan qarzdorning O‘zbekiston hududidan vaqtincha chetga chiqish huquqlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilib, qaror nusxasi ijro uchun yuborilgan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdordan 2019-yil 22-mayda jami 70 000 000 (yetmish million) so‘m aliment puli undirilib, tilxat orqali undiruvchi Sh.Tag‘ayevaga topshirilgan.
Izoh (0)