Odamlar bugungi kunda arava ustidagi uylar tarixi haqida ko‘p eshitadi. Unda uzoq sayohatga chiqqan egalari uchun bunday aravalar kichik xonadonga aylanib qolgan. Bunday an’ana amerikaliklar tomonidan joriy qilingan, lekin uning ildizi XIX asr Yevropasiga borib taqaladi, deya yozadi Travel Ask.
Ilk treylerlar sirk artistlari tomonidan ishlatilgan. U paytlar hali avtomobil bo‘lmagan. Shuning uchun sayohatlar ot aravalar yordamida amalga oshirilgan. Ularning ichida karavot va ovqat tayyorlash uchun stollar ham bo‘lgan. Aynan shunday treylerlarni lo‘lilar o‘zlashtirgan.
Bunday odamlar Yevropa va Osiyoda bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga ko‘chib yurgan. Lekin Amerika qit’asida ham bunday odamlar bor. O‘z vagonlarini ular Vardo deb atagan. Albatta, bunday treylerlarning hajmi ko‘cha artistlarinikidan kichik bo‘lgan. Shuning uchun kamroq ot talab qilingan. Lo‘lilar o‘zlarining arava uylarini juda ham yaxshi ko‘rgan, shuning uchun uni iloji boricha rang-brang qilib bezatishga uringan. Natijada boy ranglarning mo‘tadil naqshlari bilan bo‘yalgan vandolar paydo bo‘lgan va ularning ba’zilari hatto oltin bilan bezatilgan edi. Ayniqsa ular XIX asrning oxiri XX asrning boshida ommalashib ketgan.
Vaqtlar o‘tgani sari bunday yorqin vardolar muzey eksponatiga aylanib qolgan. Ba’zan bunday treyler savdogarlarga biror narsa evaziga ayirboshlangan. Dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat ham o‘zgarib bordi. Birinchi jahon urushi ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Bundan tashqari, lo‘lilarda bir odat bor: kimdir vafot etganda, ularning shaxsiy narsalari, shu jumladan, vardosi ham yoqib yuborilishi kerak. Shunday qilib, bugungi kunda bu kabi rangli chiziqcha aravalar kam qolganr va ular faqat ba’zi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Izoh (0)