“Roma” sardori Daniel de Rossi “Parma”ga qarshi o‘yinda o‘zining Rim klubidagi oxirgi bahsini o‘tkazdi (2:1). Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
“Roma” muxlislari stadionga o‘zlari bilan vidolashuv bannerlarini olib keldi. De Rossining o‘zi esa o‘yindan so‘ng oila a’zolari bilan “Stadio Olimpiko” stadionini aylanib, ularga hurmat bajo keltirdi.
“Roma” murabbiylari hamda o‘yinchilari de Rossi familyasi va u o‘ynagan raqam tushirilgan futbolkalarni kiydi. Shu bilan birga “Roma” esa futbolchi ism-familiyasining bosh harflari tushirilgan katta bannerni maydon markazida ko‘tardi.
Ma’lumot uchun, italiyalik yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)