26-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Andrey Fyodorov boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar avvalgi turda “Qo‘qon-1912”ni mag’lubiyatga uchratgan bo‘lsa (2:0), “temiryo‘lchilar” “Bunyodkor” bilan durang o‘ynagandi (0:0).
Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, jizzaxliklar 12 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda bormoqda. Buxoro klubi esa 7 ochko bilan 13-o‘rinni band qilgan.
Turning so‘nggi uchrashuvida Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi Mirjalol Qosimov murabbiyligi ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Uchala bellashuv ham 19:00 da start oladi. Ta’kidlash joiz, “sherlar” 9-turda “Andijon” darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritgandi (3:0). OKMK esa o‘z uyida “So‘g‘diyona”ga 0:2 hisobida taslim bo‘lgandi.
Superliga
10-tur bahslari
“Nasaf”—“Lokomotiv” 19:00
“So‘g‘diyona”—“Buxoro” 19:00
“Paxtakor”—OKMK 19:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)