“Bavariya” Germaniya Kubogi finalida “Leypsig”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).
Myunxen klubi bosh murabbiyi Niko Kovach “Bavariya”dagi debyut mavsumidayoq oltin dublga erishdi, jamoa avvalroq Germaniya chempioniga ham aylangandi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida musobaqa finalchisi “Liverpul”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi (0:0, 1:3).
Bu 47 yoshli mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi 4-sovrini bo‘ldi. Mavsum avvalida u Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot uchun, Kovach o‘tgan yili “Ayntraxt” jamoasi bilan Germaniya Kubogini o‘ziniki qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)