Pentagonning devorga ajratgan pullari Kongress tomonidan ma’qullanmadi. Shu sabab 24-may kuni Kaliforniya sudi prezdientning budejt puli hisobidan Meksika chegarasida devor qurishini taqiqladi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Mudofaa vazirligining Arizona shtatida va Texasda devor qurish uchun ajratilgan 1 milliard dollarini bloklaydi. Tramp ma’muriyati devorni qurish uchun 6,7 milliard dollar yuborishni rejalashtirayotganini aytgan.
“Kongress ijroiya organning tegishli mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi iltimosini rad etishi bilanoq, ijro etuvchi organ bu mablag‘larni ‘Kongressiz’ sarflashi hokimiyatning bo‘linish tamoyillariga zid”, — deydi Kaliforniya sudyasi kichik Xeyvud Gilliam.
Gap Tramp favqulodda holat e’lon qilganida Pentagon tomonidan Nyu-Meksiko shtatidagi 78 kilometrli, Arizona shtatida esa 8 kilometrli devorga ajratilgan pullar haqida ketmoqda. Bu qurilish uchun Pentagon Trump tomonidan taqdim etilgan favqulodda holat asosida pul ajratgan. O‘zining qarorida, sudya, Kongressning budjet harajatlari ustidan “mutlaq” nazorati ijroiya hokimiyatining xohishlariga qarama-qarshi bo‘lgan holatlarda ham, mamlakatdagi mavjud tizimning xatosi emasligini ta’kidladi.
Tramp chegara inqirozni bartaraf etish uchun kerak bo‘lganini va mamlakatda jinoyatchilar va giyohvand moddalarning kiritilishiga qarshi kurashda kerak bo‘lishini aytdi.
Devorni moliyalash 23-may kuni Kolumbiya okrugining federal sudida Vakillar palatasi tomonidan berilgan boshqa da’vo bilan yuzlashdi. Deputatlarning aytishicha, Mudofaa vazirligining 6,1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lari AQSh Konstitutsiyasida bayon etilgan vakolatlarni ajratish doktrinasini buzmoqda.
Izoh (0)