Amerikada noodatiy hodisa suratga olindi, deb yozadi “Koresspondent.net”. Unda alligator basseyndagi alligator shaklidagi damlama matrasda suzayotgani aks etgan.

Foto: UPI

Ma’lum bo‘lishicha, amerikalik Levid Jeykobs oilasi bilan Floridaning Mayami shahriga dam olgani borgan. Oila basseyni bor uyga joylashgan.

Dam olish davomida amerikaliklar ularning hududida alligator kezib yurganini ko‘rib qolgan. Timsoh ularning itiga qiziqish bildirayotganini sezgan oila itni yashirib qo‘ygan.

Alligator bilan “tanishuv”ning ertasiga Jeykobs uni basseynga tushib olganini ko‘rgan. Qizig‘i, alligator timsoh shaklidagi damlama matrasga chiqib olgan edi. Amerikalik buni suratga olib, internetga joylagan va surat tez orada internetda mashhur bo‘lib ketgan.

Sayyohlar mutaxassislarni chaqirtirgan. Ular alligatorni tutib, sayyohlar hovlisidan chiqarib, ozodlikka qo‘yib yuborgan.