Xitoyning Xanchjou shahrida o‘t o‘chiruvchilar 23-qavatdan havo shaxtasiga tushib ketgan bolani qutqardi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Voqea 20-may kuni sodir bo‘lgan. 6 yoshli bolakay qo‘shnisining uyida o‘ynayotgan edi. Uyda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan edi, shuning uchun quruvchilar ikkita balkon o‘rtasidagi beton plitani yog‘och taxtaga almashtirgan. Bola uni bosgan va havo shaxtasiga qulab ketgan.
Bolakay konditsionerni ustiga tushgani uchun zarbani kuchi kamroq bo‘lgan. U tirik qolgan. Xanchjou o‘t o‘chiruvchilariga voqea zudlik bilan xabar qilingan va ular voqea joyiga yetib kelgan. Qutqaruvchilar bolaga alpinistlarning maxsus kiyimini kiydirgan, uni ovutgan va yuqoriga chiqishiga yordam bergan. Shaxtadan chiqib ketish operatsiyasi 6 daqiqa davom etgan. So‘ng bola kasalxonaga olib ketilgan.
Uning yelkasi va qo‘li yengil jarohatlangan.
Izoh (0)