“Bayer Leverkuzen” yarim himoyachisi Yulian Brandt Dortmundning “Borussiya” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
23 yoshli xavbek dortmundliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning shartnomasi 2024-yilning 30-iyun sanasida yakuniga yetadi.
Brandtning “Bayer” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar amal qilgan, biroq uning shartnomasi bandida 25 million yevro miqdoridagi tovon puli ko‘rsatilgan. Dortmundliklar esa bu pulni to‘lashga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi yakuniga yetgan mavsum Bundesliga doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 15 ta golli pas berdi.
Avvalroq “Borussiya” Torgan Azarni ham sotib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)