Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaning tarqatilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi va muddatidan avvalgi saylovlarni 21-iyulga belgiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bunday qarorga 30 kundan ortiq vaqt davomida Oliy Radada boshqaruvchi koalitsiyaning yo‘qligi sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, farmonga ko‘ra Ukraina Vazirlar Mahkamasi Radaga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni moliyalashtirishi shart.
Izoh (0)