Niderlandiya Erediviziyasida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi.
“Ayaks”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, ushbu nomga klub yarim himoyachisi Frenki de Yong sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, de Yong yakuniga yetgan mamlakat chempionatida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. U klub bilan birgalikda Niderlandiya Kubogi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Frenki yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun “Ayaks”ga 75 million yevro to‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)