AQSh Savdo vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, cheklov choralari Tula qurilish byurosiga, Gatchinadagi harbiy-o‘quv markaziga va Moskvadagi “Avangard” zavodiga ta’sir qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Yangi sanksiyalar qo‘yilgan tashkilotlar ro‘yxati AQShning Federal registrida keltirilgan.
Xabarda aytilishicha, cheklov choralari 14-maydan kuchga kirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikaliklarga ushbu korxonalarning mahsulotlarini sotib olish taqiqlangan deb hisoblanadi.
Izoh (0)